Joriy yilning 3 iyul kuni Farğona viloyati Toşloq tuman, “Töxtaboy” mahallasidan oqib ötuvçi ariqdan noma'lum şaxsning jasadi topilgan. Jasad közdan keçirilganda, u yöl transport hodisasi natijasida vafot etganligi aniqlandi. Uşbu voqea tafsilotlari Farğonaning Muloqot TV telekanali orqali efirga uzatilgan körsatuvda şunday deyiladi.
Ma'lum qilinişiça, Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasi maxsus tezkor qidiruv guruhi tomonidan, jinoyatni oçiş yuzasidan tezkor qidiruv tadbirlar ötkazildi. Yöllarga örnatilgan kuzatuv kameralari va voqeaga guvoh bölgan kişilardan olingan ma'lumotlarga asosan, yöl transport hodisasi Gaz-24 rusumli avtomaşina iştirokida bölganligi aniqlangan.
Şu tariqa viloyatda bu turdagi avtomaşinalar bir ketin közdan keçirilib, qidiruv tadbirlari öz natijasini berdi. Oradan ikki kun ötgandan söng, mazkur jinoyatni Qöştepa tumanida istiqomat qiluvçi Alişer Alimov özining davlat raqami 40 C 304 DA bölgan Gaz-24 rusumli avtomaşinasida sodir etganlikda gumon qilinib, qölga olindi.
Gumonlanuvçi Alişer Alimov yöl transport hodisasini sodir etgandan söng, eng avvalo jabrlangan piyodaga yordam körsatib, uni hayotini saqlab qoliş uçun qölidan kelgan işni bajarişi kerak. Lekin Alişer Alimov bu yölni tutmadi.
Hozirgi kunda ayblanuvçi Alişer Alimov ustidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2-qismi va 117-moddasining 2-qismlari bilan jinoyat işi oçilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.











