Farğona viloyati içki işlar organlarining jinoyatçilikka qarşi kuraşiş faoliyatini bevosita amalga oşiruvçi xodimlarini öqitiş böyiça ixtisoslaştirilgan öquv-amaliy kurslari taşkil etildi.

Mazkur öquv kurslarining dastlabki bosqiçida viloyat içki işlar organlarining 80 nafar xodimi tahsil oldi. Ularga ma'naviy-ma'rifiy, maxsus-taktik, saf, öq otiş tayyorgarligi, ommaviy qirğin qurollardan himoyalaniş, harbiy topografiya, razvedka işi, muhandislik, harbiy tibbiy tayyorgarlik, huquqiy madaniyat, muloqot psixologiyasi hamda zamonaviy aloqa vositalaridan foydalaniş fanlarini öz içiga olgan jami 94 soatlik öquv maşğulotlari olib borildi.

Dars maşğulotlarini harbiy sohaning malakali mutaxassislari, salohiyatli pedagog va huquqşunoslar ötkazişdi. Maşğulotga jalb qilingan xodimlar esa ikki hafta davomida özlarining ma'naviy-ma'rifiy, huquqiy va harbiy savodxonligini oşirib, jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajalarini yuksaltirdilar.

Şuningdek, öquv kurslari tinglovçilari olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qöllab, mudofaa vazirligi va milliy gvardiya harbiy xizmatçilari bilan hamkorlikda Farğona va Marğilon şaharlari hududida jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va huquqbuzarliklarning oldini olişga ham salmoqli hissa qöşdilar.

Öquv kursining dastlabki 80 nafar tinglovçilariga sertifikatlar topşiriş marosimi ötkazildi. Tadbirda Özbekiston içki işlar vaziri örinbosari, polkovnik Rustam  Xatamov, Şarqiy harbiy okrug qöşinlari qömondoni, polkovnik Lutfullo Buzrukov, Farğona viloyati içki işlar boşqarmasi boşliği, polkovnik Rahmatjon Mamatov, şuningdek, Farğona viloyat hokimligi, viloyatdagi boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar rahbarlari, keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.

Sertifikatlar topşiriş jarayonida öquv maşğulotlarida namunali iştirok etgan hodimlarga faxriy yorliq va qimmatbaho sovğalar, barça iştirokçilarga esa nodir kitoblar tuhfa qilindi.