«Tijorat banklarida jismoniy şaxslar bilan valyuta ayirboşlaş operatsiyalarini amalga oşiriş tartibi töğrisida»gi nizom Adliya vazirligi tomonidan davlat röyxatidan ötkazildi. Bu haqda vazirlikning «Huquqiy axborot» kanali ma'lum qilmoqda.

Nizom bilan rezident jismoniy şaxslarga tijorat bankining maxsus dasturidan foydalangan holda çet el valyutasini sotib oliş, sotiş va qonun hujjatlariga muvofiq boşqa operatsiyalarni amalga oşiriş imkoniyati berilmoqda. 

Bunda rezident jismoniy şaxslar maxsus dasturni kompyuter qurilmasiga (şu jumladan, planşet, mobil telefon va boşqa qurilmalar) yuklab oladi hamda undan foydalanadi.

Tijorat bankining maxsus dasturdan foydalangan holda valyuta ayirboşlaş operatsiyalarini amalga oşirişlari uçun jismoniy şaxs nomiga bank kartasi va xalqaro tölov kartasi oçilgan bölişi lozim.