Samarqand şahrida joylaşgan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi Koreya xalqaro hamkorlik agentligi — KOICA kömagi bilan barpo etilgan kasb-hunarga öqitiş markazida ikkinçi bitiruvçilarga diplom topşiriş marosimi ötkazildi.

Tadbirda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi — KOICAning Özbekistondagi idorasi direktori Song Seung-Il, Janubiy Koreyadan taşrif buyurgan köngilli öqituvçilar, Koreya ta'lim va texnologiya universiteti professorlari, Bandlik va mehnat munosabati vazirligining mas'ul xodimlari, markaz bilan hamkorlik qilayotgan korxona va taşkilotlardan taşrif buyurgan mehmonlar va markazni bitirayotgan talabalar qatnaşdilar.

Mazkur kasb-hunarga öqitiş markazida elektronika va asbobsozlik, payvandlaş va çilangarlik, avtomobillarga texnik xizmat körsatiş, axborot texnologiyalari yönalişida har yili 240 talaba öqişga qabul qilib, 11 oy davomida bepul öqitiladi. Bu yil öqişga qabul qilingan talabalarning 225 nafari uni muvaffaqiyatli tugatişdi.

Mehmonlar talabalarning bitiruv işida yasagan dastgohlari va körgazmalari bilan tanişişdi. Ta'kidlaş joizki, nisbatan qisqa vaqt — 6 oy nazariy va 5 oy amaliy bilim oliş mobaynida markaz talabalarining bu qadar natijalarga erişişi koreys mehmonlarda katta hayrat uyğotmasdan qolmadi.

Markazda özbek va koreys xalqlarining öxşaş öyinlari va musobaqalari namoyiş etib berildi. Koreysça va özbekça öxşaş taomlar körgazmasi bölib ötdi.

Avvalgi yillardan farqi — öquv markazida avtomaktabning oçilişi bölib ötdi. Endi öqişga qabul qilingan talabalar şu yerdan haydovçilik mahoratini örganib, haydovçilik guvohnomasi ham olib çiqişi mumkin.

— Markazimiz uçinçi yildirki mahoratli kasb egalarini öqitib çiqarmoqda. Fursatdan foydalanib, bir jihatga urğu bermoqçiman: mazkur öqitiş markazi Özbekiston fuqarolarni kasb-hunarga örgatiş va davlat namunasidagi diplom beriş bilangina şuğullanadi. Köpçilik orasida tarqalgan notöğri fikrga ters ölaroq, biz Janubiy Koreyaga işga jönatmaymiz. Albatta biz örgatgan kasblar kişiga har qanday joyda asqatişi mumkin. Kişi qayerda işlaşini özi hal qiladi. Markazimizda koreys, yapon, ingliz tillarini ham öqitiş pullik kurslari mavjud. Lekin biz tayyorlayotgan kadrlar asosan, şu yerda Özbekiston içidagi korxonalarda işlaşmoqda, — deydi biz bilan suhbatda kasb-hunarga öqitiş markazi direktori Ismoil Ergaşev.