Fransiya iqtisodiyotini yangilaş böyiça islohotlar mamlakat prezidenti Emmanuel Makronning fuqarolari orasidagi obrösi tuşib ketişiga sabab böldi. Hozirgi vaqtda uni qöllab-quvvatlovçilar soni 62 foizdan 43 foizgaça tuşib ketgan.
Emmanuel Makron bir yildan ortiqroq vaqtdan beri prezident lavozimida işlab kelmoqda. Garçi bu unça katta muddat bölmasa-da, uning Fransiya siyosiy-iqtisodiy hayotining turli jabhalarini isloh qiliş böyiça qat'iy qadamlari turli fikrlarni uyğotdi.
«KANTAR Sofres» ijtimoiy fikrni örganiş instituti tomonidan ötkazilgan sörov natijalariga köra, söralganlarning 54 foizi Makron taşabbusini qöllamasligini bildirgan. 34 foiz kişi qoniqiş hosil qilayotganlarini aytgan. 12 foiz kişi biror xulosa bildira olmagan.
BVA instituti ötkazgan ijtimoiy sörovga köra, 2017 yil mayidan 2018 yil mayigaça joriy etilgan çoralarning 16tasidan 10tasi ijobiy baholangan. Mehnat kodeksini özgartiriş va muhojirlarga doir qonun loyihasi, soliqlar va transport vositalari harakat tezligini çeklaş aholining jiddiy noroziligiga sabab böldi.











