Sayohat yönalişida jahonga maşhur va eng nufuzli naşrlardan biri hisoblangan LonelyPlanet özining navbatdagi "Osiyoning eng sayohatbop ölkalari" reytingini taqdim etdi. Unda Özbekiston Janubiy Koreya (Pusan)dan keyin şarafli ikkinçi öringa munosib körildi. Özbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya Birlaşgan Qirolligidagi favqulodda va muxtor elçisi Alişer Şayxov şu haqida ma'lum qildi.

Ta'kidlaş joizki, LonelyPlanet reytingida Özbekiston Vetnam, Hindiston, Yaponiya, Tailand, Nepal, Şri-Lanka, Xitoy va Indoneziya kabi taniqli yönalişlarni ortda qoldirgan.

Naşr Özbekistonda turizm şaroitlarini yaxşilaş yölida amalga oşirilayotgan işlarni yuqori baholaydi.

LonelyPlanet'da ta'kidlanişiça, Özbekiston özining ajabtovur mozaikali masjidlari va Buyuk Ipak yöli afsonasi bilan sayyohlar tasavvuriga kuçli ta'sir körsatgan.

"2017 yil oxiriga kelib mamlakat özining turizm sohasini rivojlantirib, vizasiz rejim va elektron viza tizimlarini yölga qöyib, yangi havo yönalişlari haqida e'lon qilib, temir yöl tarmoğida ajoyib tezyurar poyezdlarini işga tuşirib, ulkan muvaffaqiyatlarga erişdi, bu esa uning betakror me'morçilik namunalari va qadimiy şaharlarini borib köriş uçun qulaylik yaratadi. Özbekiston özining mehmondöstligi bilan maşhur, boz ustiga mamlakatda ijobiy islohotlar olib borilmoqda", - deyiladi maqolada.

Foto: Turizmni rivojlantiriş Davlat qömitasi

Şuni alohida qayd etiş lozimki, sönggi vaqtlarda LonelyPlanet'da Özbekistonda turizm rivojiga doir qator maqolalar çop etildi.

Ma'lumot uçun: Lonely Planet sayyohlarga möljallangan ilk va eng nufuzli naşrlardan biri hisoblanadi. Sönggi vaqtlarda u şuningdek maşhur turistik onlayn-portal sifatida ham xizmat körsatmoqda. Naşrga 1972 yilda asos solingan, 300 nafarga yaqin muallif faoliyat yuritadi.  Lonely Planet  ştab-kvartirasi Avstraliyada joylaşgan.