Turkiya hukumati xususiy şifoxonalarda barça turdagi onkologik kasalliklarni davolaş va jarrohlik ötkaziş xizmati tekin amalga oşirilişini e'lon qildi. Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Julide Sariyeröğli saratonni davlaşga sarflanadigan barça qöşimça xarajatlarni tugatiş uçun nizom işlab çiqilganini e'lon qildi.
“Uşbu xastalikdan töliq foriğ bölişlari uçun bemorlarimizga bergan va'damiz ustidan çiqişga muvaffaq böldik”, dedi u.
Bu Turkiyadagi tibbiy suğurtani amalga oşiruvçi Ijtimoiy himoya fondiga yiliga 750 million turk lirasi (162.4 mln AQŞ dollari) miqdoridagi qöşimça xarajatlarni olib keladi. Uşbu körsatkiç bir yilda 240 mln. liradan ösib borişi mumkin. Şunga qaramasdan vazir tibbiy xizmatlar sohasida xarajatlarga boğliq bölmagan islohotlar amalga oşirilişidan umid qilmoqda. Xususiy şifoxonalar davolaniş xarajatlari uçun hukumat tomonidan ajratiladigan tölovlar borasida 200 foiz ösişga erişadi.
Turkiyada har yili taxminan 164 ming, bir kunda esa 450 nafar fuqaroga saraton taşxisi qöyiladi. Öpka va kökrak saratoni eng keng tarqalgan hastalik ekanligi aniqlandi hamda bu körsatkiç barqaror saqlanib turibdi. Mamlakat saratonning tarqalişi böyiça rivojlangan AQŞ va Yevropa davlatlaridan keyingi örinlarda turadi.
Öpka saratonidan söng prostata saratoni erkaklarda tez-tez kuzatilmoqda. Ötgan yili 27 mingga yaqin kaşandalik bilan boğliq holatlar aniqlandi. Hukumat 2009 yilda jamoatçilik joylarida çekişni man qilgan va bu borada keskin çoralarni qöllaşga harakat qildi. Soğliqni saqlaş vazirligi statistikasida bayon qilinişiça, 17 ming ayol kökrak saratonidan aziyat çekyapti. Onkologik kasalliklarning oldini oliş, erta taşxis qöyiş maqsadida 33 ta köçma tibbiyot birlaşmasini qamrab oluvçi 198 ta markaz faoliyat olib boradi. Ayniqsa, köçma tibbiy muasssasalar kasallikni erta aniqlaş imkoniyatini oşiruvçi skrining testlarini ötkazmoqda.
Yaqin yillar içida Turkiya soğliqni saqlaş tizimida tub islohotlarni amalga oşirdi. Hukumat öquv şifoxonalarida ijtimoiy himoyaga muhtoj bemorlarga xizmat körsatişda sodir bölayotgan byurokratizmga barham berdi. Mavjud kasalxonalar modernizatsiya qilindi va yana yangi 500 ta tibbiyot muassasasi iş boşladi.











