Kanada Latviyadagi NATO bataloni tarkibidagi harbiylari sonini 455 kişidan 540 kişigaça oşirmoqçi. Bu haqda Kanada boş vaziri Jastin Tryudo Rigada latviyalik hamkasbi Maris Kuçinskis bilan uçraşuvi natijalariga bağişlangan bayonotida ma'lum qildi.
"Kanada Latviyaning kuçli va işonçli ittifoqçisi bölib qoladi", - dedi u. Şu bois Ottava respublikadagi harbiylari sonini 455tadan 540 kişiga yetkazadi, dedi boş vazir.
Tryudo şuningdek, Kanada Latviyadagi NATO bataloni rahbarligini 2023 yil martga qadar davom ettirişini bildirdi. Kanadaning NATO guruhiga rahbarligi 2019 yil aprelda nihoyasiga yetadi.
Alyansning 2016 yil iyuldagi Varşava sammitida 2017 yildan boşlab Boltiq mamlakatlari va Polşada törtta köp millatli batalon joylaştirilişi haqida qaror qabul qilingandi. Latviya bataloniga Kanada, Litvanikiga Germaniya, Estoniyanikiga Buyuk Britaniya, Polşanikiga AQŞ boşçilik qiladi.
NATOning Latviyadagi guruhi ming kişini taşkil etadi. Uning tarkibiga Albaniya, Kanada, Ispaniya, Italiya, Polşa va Sloveniya harbiylari kiradi. Ottava respublikaga 455 piyoda, bronemaşinalari va razvedka vzvodini jönatgan.
Avvalroq Rossiyaning alyansdagi doimiy vakili Aleksandr Gruşko Şarqiy Yevropada alyans batalonlarini joylaştiriş Rossiya-NATO aktiga zid ekanligini bildirgandi.












