Hatto eng yuqori texnologiyali loyihada ham köngil böladi. Uni asraş, östiriş va kuçli qiliş zarurdir. Zamonaviy dunyoda global megapolisning yurak urişi aniq va ravşan eşitilib turilişi va sezilişi kerak.
«Tashkent City» xalqaro işbilarmonlik markazi (XIM) bunga alohida e'tibor qaratmoqda. Innovatsion va yuqori texnologiyali loyiha öz içiga uşbu muhim vazifani, ya'ni madaniy merosni saqlaşni ham qamrab olgan. Bu yerga kelgan barça avlod vakillari bundan bahramand bölişlari kerak. Sababi buyuk ajdodlar haqidagi xotira va qadriyatlarni saqlaş millat közgusidir.
Afsuski, hozirgi vaqtda köplab madaniy obektlar körimsiz holatda, boz ustiga, köp quruvçilar ularni inobatga olmagan holda, joylarda quriliş işlarini boşlab yuborişmoqda.

Ammo «Tashkent City» XIMda holat boşqaça - Arxitektor va loyihaçilar uşbu joylarni örganişganda joylarda XIX-XX asrga tegişli ikki madaniy meros borligi aniqlandi. Mutaxassislar uşbu obektlarni juda noçor holatda ekanligini aniqlaşdi. Mahalliy aholi bu obektlarning mavjudligidan bexabar edi. Xulosa qilib aytganda, ular unutilgan joylar edi.

Masalan, birinçi obekt “Öqçi” mahallasida joylaşgan bölib, bu yerda “Eşonzodalar” avlodining törtta vakili dafn etilgan ekan. Ularning vakili Ahmad Eşon Şoşiy Qoratoşiy nafaqat şoir, balki köplab ğazallar muallifi bölgan, şuningdek u Qur'on kitobini özbek tiliga tarjima qilgan şaxslardan biri. Hozirda muallif qölyozmalari Özbekiston Musulmonlar idorasida saqlanmoqda.

Ikkinçi tarixiy obekt – XIX asrda barpo etilgan Orifjon ota masjidi. Uşbu masjid Özbekiston tarixida ilk marta modern usulda qurilgan. Masjidga Orifjon ota nomi berilgan, sababi bu inson uşbu masjid qurilişiga homiy bölgan.













