Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Tashkent city xalqaro işbilarmonlik markazi hududida joylaşgan "Asakabank" AJ, "Özsanoatqurilişbank" ATB va AT "Aloqabank"ka tegişli yangi köp qavatli biznes markazlarini xususiylaştiriş jarayoni haqida axborot berdi.

Agentlikka köra, banklar binolariga Yevropa Ittifoqi, BAA va Turkiya davlatlaridan bölgan talabgorlar qiziqiş bildiryapti.

Agentlik xalqaro savdo jarayonining aktivni sotib oliş böyiça qiziqiş bildiriş (Express of interest) bosqiçi boşlanganini ma’lum qildi.

Uşbu biznes markazlarini xususiylaştiriş jarayonini ilğor xalqaro tajriba asosida amalga oşiriş uçun “KPMG” xalqaro kompaniyasi xususiylaştiriş böyiça konsultant hamda “Deloitte” xalqaro kompaniyasi mustaqil baholovçi sifatida jalb etilgan.

“Mazkur bosqiç doirasida konsultant tomonidan keng qamrovli marketing işlari amalga oşirildi, jumladan, “KPMG” kompaniyasining xalqaro investorlar tarmoği orqali Biznes markazlar töğrisidagi investitsiya tizerlari salohiyatli investorlarga yuborildi”, – deyiladi xabarda.

Konsultant tomonidan kelib tuşgan barça arizalar avval ma’lum qilingan mezonlar asosida örganib çiqilgan. Bu mezonlar qatorida biznes markazlarini sotib oliş uçun moliyaviy resurslar yetarliligi, talabgor va uning aksiyadorlari/iştirokçilarining heç biri davlat kompaniyasi yoki ustav kapitalida davlat uluşi bölgan kompaniya bölmasligi hamda talabgorning tegişli şaxslaridan heç biri Yevropa Ittifoqi va AQŞning, şuningdek, yirik xalqaro moliya institutlarining sanksiyalari röyxatiga kiritilmagan bölişi kabilar bor.

Agentlikning bildirişiça, konsultant tomonidan raqobat muhitini ta’minlaş maqsadida savdo jarayonlariga yanada köproq salohiyatli investorlarni jalb qiliş işlari parallel ravişda amalga oşiriladi va aktivni sotib oliş yuzasidan qiziqiş bildiriş böyiça arizalarni qabul qiliş davom ettiriladi.

Tashkent city’dagi davlat banklari binolarining sotuvga qöyilişi haqida

2024 yilning may oyida davlatning uçta banki – Asakabank, Özsanoatqurilişbank va Aloqabankning Tashkent city’dagi yangi köp qavatli binolari (biznes markazlar) ommaviy savdolar orqali sotilişi e’lon