«Gazlineftgazqaziş» MÇJ «Şimoliy Suzma» yangi koni va Buxoro viloyatida yangi Gazli gaz quvurini işga tuşirdi.

Yarim yil muqaddam «Şimoliy Suzma» konini oçiş ustida işlar boşlangan edi, bugunga kelib gaz koni işga tuşirildi. Ötgan davr içida «Gazlineftgazqaziş» mutaxassislari yettita gaz quduğini burğulaşga muvaffaq bölişdi. U yerda «zangori olov» ortiqça tarkibiy qismlardan xalos böliş uçun «Uçqir» oltingugurtdan tozalaş qurilmasiga jönatiladi.

«2017–2021 yillarda uglevodorod xomaşyosini qazib olişni köpaytiriş Dasturiga muvofiq, «Gazlineftgazqaziş» tomonidan 6 ta investitsiya loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilgan, — deydi mazkur taşkilot  rahbari Abdulla Majidov. — Ulardan bugungi kunda ikkitasini amalga oşirdik. Bular «Şimoliy Suzma» konida skvajinalar qaziş va işga tuşiriş» hamda «Uçqir» oltingugurtdan tozalaş qurilmasidan «Gazli» yer osti gaz saqlaş omborigaça gaz ötkaziş quvurini barpo etiş».

Körsatib ötilgan loyihalarni sanoat ekspluatatsiyasiga aylantiriş doirasida gaz koni va yangi gaz quvuri işga tuşirildi. Işlarni yuqori darajada taşkil etiş uçun 500 dan ortiq işçi va mutaxassis, şuningdek, zamonaviy texnikalar jalb qilindi. Barça loyihalar amalga oşirilgaç, 117 ta yangi iş örni yaratiladi.

Qayd etmoq joizki, diametri 1020 mm bölgan hamda «Uçqir» oltingugurtdan tozalaş qurilmasidan «Öztransgaz» magistral gaz ötkaziş quvurlarigaça bölgan quvurning uzunligi 46,3 kilometrga teng. «Şimoliy Suzma» konining işga tuşirilişi va yangi gaz ötkaziş quvuri yotqizilişi bilan bir sutkada qazib olinayotgan va yetkazib berilayotgan gaz hajmi 1,5 million metr kubga yetdi.