Özbekiston Içki işlar vazirligi işbilarmon, Xalqaro boks federatsiyasi - AIBA prezidenti vazifasini bajarayotgan Ğofur Rahimovni qidiruvdagi şaxslar röyxatidan olib taşladi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Ğofur Rahimov şu yilning 16 iyun kuni qidiruvdagi şaxslar röyxatida qayd etilgandi.
Içki işlar vazirligi rasmiy saytining yangilangan ma'lumotiga köra, 1951 yilning 22 iyulida tavallud topgan Ğofur-Arslonbek Ahmedoviç Rahimov va uning turmuş örtoği, 1967 yil 24 iyunda tuğilgan Lola Rahimova qidiruvdagi şaxslar röyxatidan topilmadi.
Avvalroq, Ğofur Rahimov heç qaçon uyuşgan jinoyatçilikka aloqador bölmagani haqida bayonot bergandi.
Unga «vaqtinçalik» prefiksidan qutiliş imkonini beradigan AIBA prezidenti saylovlari joriy yilning noyabr oyida Moskvada ötkazilişi kutilmoqda.







