Xitoy Xalq banki AQŞ bilan savdo bahsi doirasida 12 iyulda yuanning dollarga kursini 0,73 foizga pasaytirdi. 

AQŞ Xitoy bilan savdoda katta miqdorda defitsitga ega. Vaşington köp marta Pekinni yuanning dollarga nisbatan qiymatini sun'iy pasaytirişda ayblagan. Yuanning dollarga nisbatan zaiflaştirilişi Xitoyning AQŞga eksportini rağbatlantiradi. Oxirgi kunlarda AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Xitoy mahsulotlariga bojlar kiritmoqda, Pekin ham öz navbatida aks çoralar körmoqda.

12 iyulda Xitoy Xalq banki yuanning dollarga nisbatan kursini bir dollarga 6,6726 yuan darajasida örnatdi, bu esa 11 iyuldagi kursdan 492 punkt köproqni taşkil qilgan.

Avvalroq Xitoy yuanning kursini oz miqdorda mustahkamlab kelayotgandi, biroq oxirgi 2 hafta içida yuan kursi pasaytirilgan. Xitoy Xalq banki ayriboşlaş kursini oqilona va barqaror darajada saqlab qolişga va'da bergan.