Bugun Rossiyada ötkazilayotgan jahon çempionatida ikkinçi finalçi aniqlanadi. Asosiy öyin yöllanmasi uçun Xorvatiya va Angliya terma jamoalari bellaşadi.

Xorvatiyaning yarimfinal sari yöli oson bölmadi. Zlatko Daliç şogirdlari guruhda Argentina, Islandiya va Nigeriya bilan töqnaş kelişdi. Biroq, «şaşkalilar» kvartetda navbati bilan barça raqibni yengib, 1-örinni egallaşdi. 1/8 finalda Xorvatiya  Daniyaga duç keldi. Hamma bolqonlik futbolçilardan oson ğalabani kutgan edi. Amalda esa 120 daqiqada ğolib aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida Xorvatiya ğalaba qozondi. Xorvatiyaga çorakfinalda Rossiya terma jamoasi duç keldi. Bu öyin ham juda qiyin keçdi. Xorvatiyaliklar bu safar ham penaltilarda aniq harakat qilib, yarimfinalga qadam qöyişdi.

Angliya terma jamoasi bu çempionatni juda yaxşi ötkazmoqda. Sönggi marta futbol vatani vakillari 1990 yili yarimfinalga yöl olişgandi. Ikki yil oldin terma jamoani qabul qilib olgan Garet Sautgeyt uni yoşartirişdan xavfsiramadi. Natijada, ingliz iqtidorlari Rossiya maydonlarida uning işonçini oqlaşdi. Guruh bosqiçida Angliya navbati bilan Tunis (2:1) va Panamani (6:1) yengdi. Sönggi öyinda Belgiyaga (0:1) yutqazib, 2-örin bilan 1/8 finalga çiqdi. Kolumbiyaga qarşi pley-off bahsida öyin taqdirini penaltilar seriyasi hal qildi. Unda aniqroq harakat qilgan Angliya çorakfinalga yöl oldi. Bu bosqiçda esa Şvetsiya darvozasiga 2ta töp yöllab, yarimfinal yöllanmasiga ega böldi.

Xorvatiya  - Angliya öyini haqidagi qiziqarli ma'lumotlar.

Yevro-2008 saralaşida Xorvatiya Londonda Angliyani 3:2 hisobida yengib, musobaqa yöllanmasidan mahrum qilgan.

Sönggi marta bu terma jamoalar JÇ-2010 saralaşida duç kelgan va Angliya ikkita öyinda ham, umumiy 9:2 hisobida ğalaba qozongan edi.

Özaro töqnaşuvlardagi yagona durang (0:0) 1996 yili qayd etilgan.

Xorvatiya terma jamoasi qatorasiga 9ta öyindan buyon yutqazmayapti.

Har ikkala terma jamoa kuzda Millatlar Ligasi doirasida bir-bilan öynaydi.

Xorvatiya terma jamoasi qatorasiga 6ta öyindan buyon raqiblar darvozasiga gol urmoqda.

Taxminiy tarkiblar:

Xorvatiya: Subaşiç – Çorluka, Lovren, Vida, Striniç, Brozoviç, Rakitiç, Modriç, Perişiç, Rebiç, Manjukiç.