Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puçdemon Ispaniyaga topşiriladi. Bu haqdagi qarorni Germaniyaning Şlezvig-Golşteyn federal yeri sudi qabul qildi. Bunga esa Puçdemonning byudjyet mablağlarini noqonuniy sarflab yuborişi asos böldi.
Biroq sud Ispaniya tomonidan taqdim qilingan materiallarni Puçdemonni isyonga gijgijlaşda ayblaşga işonçli emas, deb topgan. Şu tariqa, Puçdemon öz yurtida bu modda böyiça sudlanmaydi.
Puçdemon 2017 yil 1 oktabrda Kataloniyaning Ispaniya tarkibidan çiqişi böyiça referendum ötkazilgandan keyin Ispaniyadan Belgiyaga qoçgan. Referendum natijalariga köra Kataloniya parlamenti mustaqilik haqidagi deklaratsiyani qabul qilgan, biroq rasmiy Madrid bunga qarşi bölgan. Ispaniya oliy sudi Puçdemonning hibsga olinişiga order bergan va uni safdoşlari bilan birga deputatlik mandatidan mahrum etgan. Puçdemon mart oxirida Germaniyada uşlangan, biroq tez orada 75 ming yevro miqdoridagi garov puli evaziga ozodlikka çiqarilgan.

















