Janubiy Koreya prezidenti Mun Je In barça tomonlarni Şimoliy Koreyani yadrodan xoli hududga aylantirişga çaqirdi. U KXDR rahbari Kim Çen In ham öz mamlakatini «normal davlat»ga aylantiriş istagida ekanini bildirib ötgan.
«Men Kim Çen Inning vakillari bilan ikki marta uçraşdim. Unda ğoyaviy qarama-qarşiliklarni töxtatib, öz mamlakatini normal davlatga aylantiriş istagi mavjud. Agar Kimning vakillari denuklearizatsiya böyiça va'dalarida turişsa, ular öz xalqiga farovonlik keltirişadi», deya Mun Je Inning sözlarini keltirgan «Yonhap» agentligi.
Ayni vaqtda Singapurda rasmiy taşrif bilan bölib turgan Janubiy Koreya prezidenti qöşni davlat bilan iqtisodiy hamkorlik ikki mamlakat uçun ham yangi istiqbollarga ega ekanini ta'kidlab ötgan.












