Rossiya va AQŞ prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp Xelsinkida 16 iyulda soat 13:00larda Prezident saroyida uçraşadi. Bu haqda Finlyandiya prezidenti devonxonasi ma'lum qilgan.
Ma'lum qilinişiça, 16 iyul ertalab Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo rafiqasi Yyenni Xaukio bilan Tramp va uning rafiqasini Myantuniyemidagi prezident qarorgohida qabul qiladi.
Putin va Tramp örtasidagi muzokaralar esa Prezident saroyining Gotik zalida bölib ötadi. Muzokaralar işçi tuşlik vaqtida ham davom ettiriladi. Bundan oldin esa saroyda Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov va AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeoning uçraşuvi bölib ötadi.
Tramp va Putin uçraşuvdan keyin hukumat zalida matbuot-anjuman berişadi.
Şundan keyin Niinistyo Putin bilan uçraşuv ötkazadi.
Xelsinkiga Tramp va Putin uçraşuvini yoritgani 1,5 mingga yaqin jurnalist taşrif buyuradi. “Akkreditatsiyaga arizalar 61 ta davlatdan kelib tuşgan. Rossiyadan Xelsinkiga 200 dan köproq jurnalist keladi”, deb aytilgan sammit taşkilotçilari xabarida.












