2018 yil 14 iyul kuni soat 02:30larda Bektemir tumani «Oltin topgan» MFY sanoat hududida joylaşgan «BLU MARMAR» korxonasi hududida xlor bilan işlaş jarayonida xlor moddasi konteynerida yoriliş sodir bölgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi maxsus xabarnoma e'lon qildi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Xlorli konteyner yorilişi oqibatida 1 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 18 nafar işçi xlor moddasidan zaharlaniş taşxisi bilan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Toşkent viloyati filialiga joylaştirildi. Soat 5:15 da FVV qutqaruvçilari tomonidan xavf bartaraf etildi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Toşkent viloyati filialiga yotqizilgan 13 nafar yollanma işçilar soğligi töliq tiklanganligi sababli 2018 yil 14 iyul kuni soat 10:30da uylariga ruxsat berilgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi