Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining «Feysbuk»dagi sahifasida huquqni muhofaza qiluvçi organlar ikki yirik korruptsion sxemaga çek qöygani haqidagi lavha e'lon qilindi.
Lavhada 2018 yilning 6 oyi mobaynida mansabdor şaxslarga nisbatan 867ta jinoiy iş oçilgani, ularning 56tasi pora oliş jinoyati ekanligi qayd etilgan.
Qözğatilgan jinoyat işlaridan birining figuranti - iqtisodiyotimizning juda muhim sektorini boşqargan Surat Haydarovdir.

Ma'lum qilinişiça, «Özdonmahsulot» kompaniyasi rahbari Sur'at Haydarov pora evaziga öziga biriktirilgan kompaniyadagi talon-torojliklarga köz yumgan.
Haydarov kompaniya tizimiga köplab qarindoşlarini işga olib kirgan va poraxörlik tizimini yaratgan.
Masalan, Haydarov viloyatlardan biriga xizmat safari davomida don mahsulotlari notöğri saqlanayotganiga guvoh bölgan. U vaziyatni töğrilaş örniga, taklif etilgan pulni olişni ma'qul körgan. Bunday jinoyatlarda unga kuyovi Jamşid Şaripov faol yordam berib kelgan
Ayni vaqtda huquq-tartibot organlari xodimlari u olgan poralar miqdorini aniqlaştirişmoqda, Haydarov va Jamşid Şaripov ehtiyot çorasi sifatida hibsga olingan.
Sur'at Haydarov 1969 yili Samarqand viloyati, Kattaqörğon tumanida tuğilgan. Ma'lumoti — oliy, 1994 yili Toşkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida Moliya vazirligining Samarqand viloyatidagi nazorat-taftiş boşqarmasi boşliği, Respublika Hisob palatasining inspektori, yetakçi inspektori, «Özkimyosanoat» AJ boşqaruvi raisining iqtisod va moliya böyiça örinbosari kabi vazifalarda işlagan. U 2017 yilning 21 fevralida «Özdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi boşqaruv raisi etib tayinlangan edi.











