Sizga intilişlari uçun öz ustingizda işlang.

1. Işga sodiqlik

Bu sifatga ega böliş yetakçi uçun hamda uning qöl ostidagilar uçun ham birdek muhim sanaladi. Agar öz ğoyangizga sodiq bölsangiz, jamoa ham aynan şu yöldan boradi. Ana öşanda natijador hamkorlik ta'minlanadi.

Foto: Layfxaker

2. Oddiylik

Köp hollarda yuqoridan qaraş xulq-atvori hamda çalkaş ğoyalar ortida öz-öziga bölgan işonçsizlik  va johillik yaşiringan böladi. Biroq vazifalarni amalga oşirişdagi yuqori natijalarga yetakçi uçun ham, uning jamoasi uçun ham birdek tuşunarli bölgan aniq şakllangan qarorlar orqali erişiladi.

3. Şaxsiy nazorat

Öz-özingizni boşqara olmasangiz, odamlarni boşqara olmaysiz. Agar rahbar köpinça öz-özini nazorat qiliş könikmasini yöqotsa va qöl ostidagilar bilan muloqotda baqirişga ötsa, jamoa jips hamda hamkorlik samarali bölmasligi aniq.

4. Sezgirlik hissi

Töğri söz va harakatlarni tanlay oliş könikmasi - jamoa va rahbar özaro munosabatlarining asosidir. Ğamxörlik, ezgulik, bağrikenglik va eng muhimi, özgalarning huquqlari va fikrini hurmat qiliş sezgirlik hissini şakllantirişning asosi sanaladi.

Foto: Layfxaker

5. Serharakatlik va iştiyoq

Harakatsizlik muvaffaqiyatsizlikka yetaklaydi. Hatto mağlubiyat holatida ham yetakçi jamoani ruhlantira olişi, muvaffaqiyatga işonç hissini singdirib, xodimlarni olğa harakat qilişga unday olişi kerak.