JAHON ÇeMPIONATI-2018. Final. 15 iyul. FRANTsIYa – XORVATIYa. 20.00 (Toşkent)
Hakamlar: Nestor Pitana, Ernan Maydana, Xuan Belatti  (Argentina), Born Kuypers (Niderlandiya).

Foto: Sport Ekspress

Bugun Moskvada 2018 yilgi jahon çempionati finali uçraşuvi ötkaziladi. Final uçraşuvida Jahon çempionligi uçun Fransiya hamda Xorvatiya terma jamoalari maydonga tuşadi. Bellaşuv Toşkent vaqti bilan soat 20:00da boşlanadi. Öyinga Moskvadagi «Lujniki» stadioni mezbonlik qiladi.

Finallar odatda yorqin keçmaydi. Finallar gollarga boy bölmaydi. Final şaxmat partiyasiga öxşaydi, heç kim voqealar rivojini özgartirişga zör bermaydi. Ehtiyotsizlikning tölovi qimmat, birgina xato çempionlikka bir qadam turgan terma jamoani barçasidan mahrum qilişi mumkin.

Çempionat startida har qanday jamoa finalga çiqişni orzu qilardi, har qanday jamoa uçun ikkinçi örin ham şarafli hisoblanardi, ammo hozir emas. Finalda raqibga tuzoq qöyiladi va kutiladi.

Fransiyani finalda kutişgandi. Fransiya Braziliya va Germaniya qatorida turnirning asosiy uç favoritidan biri hisoblangandi. Töğri, muxlislar boşqaçaroq, hujumkor, tomoşabop öyin körsatuvçi, futbolni bayramga aylantirib yuboruvçi, yangi yil arçasidek çaraqlovçi Fransiyani kutişgani ham bor gap. Ammo Dide Deşam mundialga pragmatik, mexanizatsiyalaşgan va quruq öyin körsatuvçi jamoani olib keldi. Bu jamoa ğalaba uçun qança talab qilinsa, şunça kuç ajratadi, bir gramm ham ortiq emas. Bu terma jamoani ğalaba uçun olqişlaymiz, ammo uning öyinini takror körmaymiz.

Bu safargi çempionatda fransuzlar xuddiki haqiqiy kuçini körsatişni istamayotgandek öynab boşladi. Buning foydasini nimçorak finalda kördik: Argentina töliq tor-mor etildi va biz haqiqiy jangovar jamoani kördik. Deşamning taktikasi markaziy hujumçini (Argentina bilan öyinda Mbappe) töp bilan ta'minlaş va natijani kutişga qaratilgandi. Ammo bu taktika böyiça qaçon oldinga ötişni murabbiy hal qilardi.

Nima uçun murabbiy hamişa ham hujumga çiqariş knopkasini bosmadi? Aytiş mumkinki, bugungi kunga kelib deyarli barça pragmatik öyin körsata boşlagan, bunday uslub trendga aylangan. Qiziği şundaki, Deşam qanday qilib, şunday yoş va şijoatli futbolçilarni zerikarli öyin körsatişga köndirgan? Bu terma jamoaning örtaça yoşi - 26. Bunday yoşda tomirlarda qon gupurişi, közlar raqibga nisbatan nafrat bilan yonişi, oyoqlar esa öz-özidan faqat oldinga çopişi kerak emasmidi?.. Aslida esa ular turnirni sovuqqonlik bilan, emotsiyalarsiz, dasturlaştirilgan robotlar kabi ötkazişdi.