Keça, 15 iyul kuni oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga qabul uçun hujjat qabul qiliş jarayonining sönggi kuni edi.

Davlat test markazining ma'lum qilişiça, joriy yilning 1-15 iyul kunlari Respublika böyiça jami 60ta oliy ta'lim muassasalari va ularning 19ta filialiga 675 049 nafar abituriyentdan ariza qabul qilindi. Tanlov körsatkiçi bir öringa örtaça 8,3 tani taşkil etdi.

Abituriyentlar tomonidan eng köp hujjat quyidagi oliy ta'lim muassasalariga topşirilgan:
Qarşi davlat universiteti – 30 937 nafar;
Samarqand davlat universiteti – 28 733 nafar;
Farğona davlat universiteti – 27 726 nafar;

Eng katta konkurs quyidagi oliy ta'lim muassasalarida qayd etildi:
Toşkent tibbiyot akademiyasi Farğona filiali – 1 öringa 23,2;
Andijon maşinasozlik instituti – 1 öringa 18,3;
Toşkent davlat texnika universitetining Termiz filialida – 1 öringa 17,6.

Joriy yilda bakalavriatga kiriş uçun 675 049 nafar abituriyent hujjat topşirgan bölsa, ötgan yili bu körsatkiç 729 950 nafarni taşkil etgandi. 2016 yilda esa 663 304 nafar abituriyent talaba böliş maqsadida ariza bilan qabul komissiyasiga murojaat qilgan.