Xelsinkida AQŞ va Rossiya prezidentlari uçraşuvi boşlandi. Donald Tramp va Vladimir Putinning uçraşuvi Finlyandiya poytaxtidagi prezidentlik saroyida bölib ötmoqda.

Bu AQŞ va Rossiyaning amaldagi prezidentlarining ilk töliq formatdagi uçraşuvidir.

Uçraşuv avvalida AQŞ prezidenti Putinni 2018 yilgi jahon çempionatini muvaffaqiyatli tarzda ötkazgani munosabati bilan qutlagan.

Ikki mamlakat rahbarlari savdodan tortib yadroviy mavzulargaça bölgan masalalarni muhokama qilişni rejalaştirgan. AQŞ prezidenti Xelsinkidagi uçraşuv ikki tomon örtasida munosabatlar yaxşilanişiga imkon berişiga umid qilmoqda.