Indoneziyaning Ğarbiy Papua viloyatidagi qöriqxonada qişloq aholisi qariyb 300ta timsohni öldirdi. Ommaviy qirğinga timsohlardan birining qişloqqa qilgan hujumi sabab bölgan. Amalga oşirilgan harakat qasos oliş usuli sifatida qaralgan.
«Bi-bi-si» xabariga köra, rasmiylar va politsiyaçilar ommaviy qirğinni töxtata olmagan.
Şu bilan birgalikda aybdorlar ma'muriy javobgarlikka tortilişi mumkin. Indoneziyada himoyaga olingan hayvonlarni qiriş jinoyat deb baholanadi va jarima yoki qamoq jazosi belgilanadi.
Qişloqda istiqomat qiluvçi odamlardan biri 13 iyul kuni ertalab timsohlarni parvarişlaş fermasida sabzavotlarni terayotganda timsoh qurboniga aylangandi.
Ğarbiy Papuadagi Indoneziya Natural Recources Conservation Agency boşliği şunday deydi: «Xodimlarimizdan biri kimdir yordamga çaqirayotganini eşitdi va darhol öşa yerga yetib bordi. U yerda timsoh bir kişiga hamla qilgan edi».
Şanba kuni dafn marosimi ötkazilganidan söng yuzlab ğazabnok kişilar piçoq, belkurak va bolğalar bilan qurollangan holda qöriqxona hududiga kirib kelişgan.
Mahalliy OAVda yozilişiça, olomon avvaliga timsohlar fermasi idorasiga bostirib kirgan. Şundan keyin 292 dona sudraluvçi öldirib taşlangan.












