Rossiya prezidenti Vladimir Putinning samolyoti Finlyandiya poytaxti Xelsinkiga qöndi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, samolyot belgilanganidan bir yarim soat keçikib aeroportga kelgan.

Oq uy tomonidan e'lon qilingan grafikka köra, Putin va Tramp Toşkent vaqti bilan soat 15:20da yakkama-yakka uçraşişi kerak edi. Uçraşuv 3 soat davom etişi belgilangan.

Uçraşuv davomida tomonlar iqtisodiy va siyosiy masalalarni, Suriya va Ukrainadagi nizolarni hamda boşqa masalalarni muhokama qilişi rejalaştirilgan.

AQŞ prezidenti Donald Tramp Xelsinkiga kun boşida kelgan va Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo bilan uçraşişga ulgurgan.

16 iyul kuni Xelsinkida Rossiya va AQŞ rahbarlari iştirokida sammit ötkaziladi. OAV bu sammitni «tarixiy sammit», deb atagan.

Bungaça ikki siyosatçi ikki marta uçraşgan, biri 2017 yil iyulida Hamburgda «Katta yigirmatalik» sammiti doirasida, ikkinçisi ötgan yil noyabrida Vetnamning Danang şahrida ötkazilgan sammitda röy bergandi.

Umuman olganda, bu uçraşuvdan keskin qarorlar kutilmayapti. Ammo bu uçraşuv ikki tomon munosabatlari yana iliqlaşa boşlaşiga xizmat qilişi mumkin.

Kremldagilar Tramp örtaga taşlaydigan har qanday masalani muhokama qilişga tayyorliklarini bildirişgan. 

Putin va Tramp nimani muhokama qiladi?
 

Suriya
Taxmin: Aprel oyida AQŞ, Buyuk Britaniya va Fransiya Başar Asad harbiylariga hujum uyuştirişgandi. Ğarb davlatlari öşanda Suriya hukumatini tinç aholiga kimyoviy hujum işlatişda ayblagandi. Bir neça kun ötib Donald Tramp Suriyadan amerikalik harbiylarni «imkon qadar tez» olib çiqişni istaşi, hududdagi mamlakatlar öz taqdirini özlari hal qilişlari kerakligini aytgandi.

AQŞ prezidentining xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Jon Boltonning Moskvaga iyun oyi oxiridagi taşrifi arafasida (Xelsinkidagi uçraşuv böyiça şu taşrif davomida kelişilgandi) Suriya hukumati kuçlari Rossiya aviatsiyasi kömagida mamlakat janubiga keng kölamli hujum boşladi. Amerikaning Iordaniyadagi elçixonasi şu munosabat bilan Asad armiyasiga qarşi kuraşayotgan kuçlar AQŞdan yordam kutişi kerak emasligidan ogohlantirdi.