O‘zbekiston bo‘ylab raqamli televideniyeda vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi
Bugun, 16 iyul kuni tungi vaqtdan boshlab Toshkent shahri va viloyatining ayrim hududlarida raqamli televideniye telekanallari namoyishi uzilib qoldi. Ma'lum qilinishicha, bugunning o‘zida ushbu hududda soat 12:00dan boshlab telekanallar efiri qayta uzatila boshlangan.
«UZDIGITAL TV» kompaniyasiga asoslanib «Xabar.uz» nashri ma'lum qilishicha, bunga 2018 yilning 16 iyulidan 14 avgustgacha qadar soat 01:00dan 12:00gacha respublika bo‘ylab rejaga muvofiq profilaktika ishlari olib borilishi boshlangani sabab bo‘lgan.
Profilaktika munosabati bilan telekanallarda namoyish vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Respublika bo‘yicha to‘xtalishlar jadvallari bilan quyida batafsil tanishish mumkin:
«UZDIGITAL TV» ma'muriyati yuzaga kelgan noqulayliklar uchun raqamli TV foydalanuvchilaridan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid

17:03 / 13.04.2022
“UZDIGITAL TV” – yangi avlod raqamli televideniyesi!

20:10 / 15.06.2019
Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi hamda UZDIGITAL TV faoliyati qoniqarsiz deb topildi

17:20 / 16.05.2019
«UZDIGITAL TV» endi Sirdaryo aholisiga ham o‘z xizmatlarini taklif etmoqda

18:15 / 11.04.2019