Buxoro şahar IIBga Buxoro şahridagi “Loçin-ekspress” aviakassasi xodimasi Gulbodom Xalikova ariza bilan murojaat qilib, Mustaqillik köçasi, 28/1-uy, 8-xonada yaşovçi, “Abubakr-Siddiq” nomli aviakassada işlovçi, 1988 yilda tuğilgan Gulyamov Ibragim Iskandaroviç uning işonçiga kirib, undan “Toşkent-Istanbul-Toşkent” yönalişida ikki dona jami bahosi 8.640.240 sömlik aviaçiptalarni pulini keyinroq beriş şarti bilan olib, uşbu çiptalarni boşqa şaxslarga sotib, uşbu şaxslardan çipta pullarini töliq olgan bölsada, ammo aviaçiptalarning pullarini G.A.Xalikovaga bermasdan, özining ehtiyojlari uçun işlatib yuborganligini bildirgan.

Uşbu ariza yuzasidan olib borilgan suriştiruv işlari davomida Ibragim Gulyamov Gulbodom Xalikova singari köplab fuqarolarni aldab, ularga sotilgan aviaçiptalarni röyxatdan ötkaziş uçun yubormasdan, pullarini özining ehtiyojlari uçun sarflab yuborib, firibgarlik jinoyatilarini sodir qilganligi aniqlandi.

Jumladan, I.Gulyamov özining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, özi işlab kelayotgan “Abubakr-Siddiq” nomli aviakassaga aviaçipta sotib oliş maqsadida kelgan Buxoro tumani, “Kulonxona” MFY, Kulonxona qişloğida yaşovçi, Laziz Hojiyevga “Toşkent-Moskva-Kamçatka” yönalişida bir dona aviaçipta rasmiylaştirib berib, uşbu aviaçipta uçun undan 3.300.000 söm pul olgan bölsada, ammo uşbu pullarni aviaçiptalarni röyxatdan ötkaziş uçun yubormaganligi aniqlangan. 

Bundan taşqari, Buxoro şahar, Çorbakr köçasi, 91-uyda yaşovçi Abdulaziz Şokirovga “Toşkent-Novosibirsk-Vladivostok” yönalişida ikki dona aviaçipta rasmiylaştirib berib, uşbu aviaçipta uçun undan jami 6.997.970 söm pullarni olgan bölsada, ammo uşbu pullarni ham aviaçiptalarni röyxatdan ötkaziş uçun yubormasdan, özining ehtiyojlariga işlatib yuborgani ma'lum böldi.

Mazkur holatlar yuzasidan I.Gulyamovga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.