Özbekiston Respublikasida investitsion iqlimni tubdan yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisidagi prezident farmoni loyihasida yer uçastkalaridan foydalaniş masalalariga ham alohida e'tibor qaratilgan.
Hujjatda qayd etilişiça, davlat va jamiyat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarining olib qöyilişi haqidagi qaror faqat yer uçastkalari olib qöyiladigan manfaatdor şaxslar bilan oçiq muhokama, şuningdek foyda va zararlar baholanganidan söng qabul qilinadi.
Bu holda jismoniy va yuridik şasxlarga tegişli bölgan turar-joy, işlab çiqariş binolari va boşqa qurilma va inşootlarni buziş, köçmas mulkning bozor bahosi va yer uçastkasining olib qöyilişi bilan boğliq zararlar töliq qoplanganidan söng amalga oşiriladi.
Bundan taşqari, davlat organining (mansabdor şaxs) noqonuniy ma'muriy akti çiqarilişi oqibatida jismoniy va yuridik şaxslarga yetkazilgan zararlar davlat tomonidan, birinçi navbatda tegişli organlarning byudjyetdan taşqari mablağlari hisobidan qoplab beriladi.
Farmon loyihasi bilan davlat va jamiyat ehtiyojlari uçun yer uçastkalari qat'iyan quyidagi maqsadlarda olib qöyilişi belgilanmoqda:
- mudofaa va davlat xavfsizligi, qöriqlanuvçi tabiat hududlari, erkin iqtisodiy zonalar tuziş va ularni işga tuşiriş ehtiyojlari uçun yer ajratiş;
- xalqaro şartnomalardan kelib çiqadigan majburiyatlarni bajariş zaruriyati yuzasidan;
- foydali qazilmalarni topiş va ularni qazib oliş bilan boğliq hollarda;
- avtomobil va temir yöllari, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya va aviatexnik markazlar obektlari, temiryöl transporti obektlari, köpriklar, metropolitenlar, tunnellar, energetika tizimi obektlari va elektr uzatiş liniyalari, kosmik faoliyat obektlari, magistral quvurlar, injyenerlik-kommunikatsiya tarmoqlarini quriş (rekonstruksiya qiliş);












