Sönggi yillarda Özbekistonda kitob mutolaasi va kitobxonlikka keng örin berilib, bu davlat ahamiyatidagi masalaga aylandi. Mamlakatning barça oliy va örta maxsus ta'lim muassasalarida, mahalla guzarlarida va hatto mehnat jamoalarining ma'rifat xonalarida mutolaaga ixlosmandlar uçun kitoblar jamlanmasi burçagi taşkil etilmoqda. 

Foto: Qaşqadaryo viloyati IIB Matbuot xizmati

Qaşqadaryo viloyati IIB rahbariyati taşabbusi bilan boşqarma jazoni ijro etiş tizimlaridagi yopiq turdagi jazoni ijro etiş muassasalarida bilib-bilmay, adaşib yoki ehtiyotsizlik ortidan sodir etgan jinoyati uçun ayni çoğda tarbiyalanayotgan mahkumlar örtasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir uyuştirildi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati KUN.UZ’ga xabar bermoqda. 

Foto: Qaşqadaryo viloyati IIB Matbuot xizmati

Tadbirda boşqarma rahbariyati, içki işlar organlari faxriylar kengaşi, M.Toşmuhamedov nomli musiqali drama teatri jamoasi va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi. 

Foto: Qaşqadaryo viloyati IIB Matbuot xizmati

Tört kun davom etgan tadbir doirasida dastlab jazo muddatini ötayotgan mahkumlarga ularning ism-şarifi qöyilgan holda zabardast adiblarimiz qalamiga mansub 1000dan ortiq kitob topşirildi. E'tiborga molik jihati köplab mahkumlar bunday sovğa olgani bir umr yodidan çiqmasligini, mazkur kitobni mutolaa qilişini, jazo muddatini ötab bölib, uyga qaytganida oila a'zolarini ham bundan bahramand qilişini bildirişdi. 

Tadbir rejasi doirasida mahkumlarga kitoblar topşirilgaç, Mullatöyçi Toşmuhamedov nomli viloyat musiqali drama teatri rejissyori Aktam Xuşvaqtov tomonidan sahnalaştirilgan “Xazina” nomli musiqali tomoşa namoyiş qilindi.

Sarvar Anvar öğli,
KUN.UZ muxbiri