Saudiya Arabistoni sönggi paytda qator sohalarda inqilobiy özgarişlarni amalga oşirib kelyapti. Jumladan, ayollarning avtomobil boşqarişi va haydovçilik guvohnomasi olişlariga ruxsat berildi. Yaqin orada samolyotlarda ayol uçuvçilarni köriş mumkin böladi.
Reuters hisobotida aytilişiça, sohada yetakçi rekruiter Oxford Aviation Academy sentabr oyida boşlanadigan darslarga qatnaşiş uçun yuzlab ayollardan arizalarni qabul qildi. Maşğulotlar Dammamning şarqiy şahrida joylaşgan yangi filialda bölib ötadi.
«Odamlar aviatsiyani örganiş maqsadida xorijga çiqib ketişyapti. Uçuvçilik ayollar uçun nisbatan qiyinçilik tuğdirişi barçaga ma'lum. Ayollar çeklangan şaroitda yaşaydigan zamonlar ötib ketdi. Barça imkoniyatlar biz uçun. Istak bölsa bölgani», deya fikr bildirdi Dalal Yaşar.
Aviatsiya maktabi hamda aeroportlarda parvoz simulyatorlari uçun xalqaro markaz faoliyati yölga qöyiladi. Ijroçi direktor Usmon al-Mötairiy talabalarni öqitiş nazariy va amaliy bosqiçlardan iborat bölişini aytib ötdi.
Yarim orolda ayollarning avtomobil haydaşiga ança yillar davomida taqiq qöyib kelingandi. Bu mamlakatda ayollar repressiyasi sifatida baholangan. Ötgan oyda esa bu holatga çek qöyildi. Yoş şahzoda Muhammad ibn Salmon mamlakat iqtisodiyotini jadallaştiriş va fuqarolik jamiyatini şakllantiriş maqsadida çuqur islohotlar olib bormoqda. Özgarişlar oqimi ğarblik ittifoqçilar tomonidan iliq kutib olindi. Ammo haligaça mamlakatda bunga qarşilik qilayotganlar talaygina.











