AQSh Al-Qudsda elchixona ochish uchun 21 mln dollar sarflaydi
Isroil hukumati rasmiy saytida xabar qilinishicha, AQSh Desbuild Limak D&K kompaniyasi bilan 21 mln. 182 ming dollarlik shartnoma imzoladi.
ABC kanali muxbiri aytgan xabarda qurilish xarajatlari AQSh prezidenti Donald Tramp aytganidan 100 barobar ko‘p. Amerika prezidenti mart oyida elchixona tez va arzon qurilishini, umumiy qiymati 250 ming dollar bo‘lishini aytgandi. Bir oydan so‘ng esa bu raqam 300-400 ming dollar atrofida bo‘lishi ma'lum qilingan.
O‘tgan yili dekabr oyida Tramp Isroil poytaxti Al-Quds (Quddus) sifatida tan oldi va Tel-Avivdagi elchixonani yangi poytaxtga ko‘chirish haqida buyruq berdi. Ushbu voqea 14 mayda Isroil tashkil topganligining 70 yilligida sodir bo‘ldi.
Mavzuga oid
15:23 / 15.11.2023
G‘azodagi Al-Quds kasalxonasidan bemorlar va xodimlar evakuatsiya qilindi
11:06 / 30.10.2023
JSST: Isroilning G‘azodagi «Al-Quds» kasalxonasini evakuatsiya qilish talabi juda xavotirli
16:30 / 07.02.2020
Falastin uchun 30 milliard: Dunyo qarshi chiqayotgan «asr kelishuvi» haqida
17:13 / 30.01.2020