Amerikaliklarning yarmidan ortiği AQŞ prezidenti Donald Trampning Rossiyaga nisbatan siyosatini ma'qullamaydi, deb xabar berdi Reuters agentligi Ipsos tadqiqot xizmati bilan birgalikda ötkazilgan sörov natijalariga asoslanib.

Mingga yaqin kişi iştirok etgan sörov Xelsinkida Donald Trampning Vladimir Putin bilan bölib ötgan uçraşuvidan söng ötkazildi.

Söralganlarning 55 foizi Amerika prezidentining Rossiyaga nisbatan siyosatini ma'qullamaydi. 37 foiz qatnaşçi esa aksinça fikrda. Ma'qullaganlarning 71 foizi respublikaçilar va 14 foizi demokratlar.

Trampning Xelsinkidagi sammitda qilgan çiqişi uning ommaboplik reytingiga ta'sir körsatmadi — sörovda qatnaşganlarning 42 foizi prezident işini qöllab-quvvatlaydi.  

38 foiz respondentlar Rossiya AQŞning duşmani ekanligini ta'kidlagan bölsa, sörovda qatnaşganlarning yana şunçasi uni raqib, 8 foizi esa döst deb atagan.