Ekvadorning Pedro-Monkayo şahrida yarim millionta atirguldan ehrom qurildi. Bu kompozitsiya evaziga eng yirik gullar kompozitsiyasi böyiça jahon rekordini yangilaşga umid qilinmoqda.

Kompozitsiya metall tördan iborat karkas yaçeykalariga gullarni joylaştirib çiqiş orqali hosil qilingan. Ehrom maydoni ming kvadrat metrdan köproqni taşkil qilgan. 

Şahar meri mahalliy aholi 30 yildan köproq vaqtdan beri atirgullar östirişini va ularning gullari dunyodagi eng yaxşilari ekanini isbotlamoqçi. Ularning buning uddasidan çiqqan-çiqmaganlari keyinroq ma'lum böladi.