2018 yilning 13 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud-huquq tizimini yanada takomillaştiriş va sud hokimiyati organlariga işonçni oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoni imzolandi.

2018 yilning 16 iyul kuni Toşkent şahar jinoyat, fuqarolik, ma'muriy va iqtisodiy sudlari raislari va Sudyalar Oliy kengaşi raisining örinbosari D.Aripovning raisligida sud-huquq sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar hamda aholining huquqiy ongini kötariş maqsadida, Bektemir va Yaşnobod tumanining musiqa maktabi binolarida sayyor uçraşuvlar ötkazildi. Uçpaşuvda hududdagi fuqarolar, hokimiyat, prokuratura, MFY, Yoşlar ittifoqi, hotin-qizlar qömitasi va boşqa davlat taşkilotlari vakillari iştirok etdi. Prezident farmoni mazmuni va mohiyati tuşuntirilib, savol-javob tarzida muloqot qilindi hamda ularning qiziqtiradigan huquqiy masalalarga yeçimlar berildi.

Yiğilişda fuqarolar tomonidan sud-huquq sohasida bölib ötayotgan şu kabi islohotlar yuksak baholanib, sudyalarning halq orasida yurib, fuqarolarni rozi qiliş borasida huquqiy tarğibot sohasida amalga oşirayotgan işlari va qabul qilinayotgan qarorlari ijobiy natija berayotganligi haqida fikr bildirildi.