Fuqarolar yiğini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatçilik tuzilmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş töğrisidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Qaror bilan fuqarolar yiğini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatçilik tuzilmasi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, universitetning asosiy vazifasi, jumladan farzand tarbiyasiga yetarli e'tibor bermayotgan ota-onalar bilan işlaş, fuqarolar yiğinidagi oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligiga salbiy ta'sir körsatuvçi holatlarning oldini oliş hisoblandi.
Universitet tarkibi 10-15 nafar a'zodan iborat tarkibda ovoz beriş yöli bilan şakllantiriladi.
Har yili Xotin-qizlar qömitasi tomonidan ötkaziladigan “Eng namunali xotin-qizlar bilan işlaş va oilalarda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaş böyiça mutaxassis” körik-tanlovi doirasida namunali faoliyat olib borayotgan “Ota-onalar universiteti” jamoatçilik tuzilmasi rahbarlari va a'zolarini rağbatlantiriş böyiça alohida nominatsiyalar joriy etiladi.












