Ispaniya oliy sudi sudyasi Pablo Llarena Kataloniyaning sobiq 6 nafar siyosatçisi – Karles Puçdemon, Toni Komin, Meritksel Serret, Luis Puig, Klara Ponsati va Marta Roviraning hibsga olinişiga xalqaro orderni bekor qildi. Bu haqda La Vanguardia naşri ma'lum qildi.
Kataloniyaning sobiq yetakçisi Puçdemon hibsga olinişdan qutulib qoliş uçun avval Belgiyaga qoçgan, u yerdan Germaniyaga jönagan.
Ispaniyalik sudya Germaniya sudi Puçdemon isyonni taşkillaştiriş ayblovi bilan Ispaniyaga qaytarilmasligi haqida qaror çiqargandan keyin xalqaro orderni bekor qilgan. Nemis sudi Puçdemon davlat mablağlaridan notöğri foydalaniş uçun sud qilinsagina, uni qaytarişga rozi bölgan.
Şu bilan birga Puçdemonning hibsga olinişi böyiça ispan orderi öz kuçida qolgan. U erkin tarzda çegaradan taşqariga çiqişi mumkin, biroq Ispaniya hududiga kirişi bilan hibsga olinadi.
Puçdemonga davlat pullarini suiiste'mol qiliş ayblovi böyiça 12 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda. Isyon kötariş böyiça ayblov esa 15 yildan 25 yilgaça ozodlikdan mahrum etişni közda tutadi.
Barça ayblovlar Madrid tomonidan noqonuniy deb tan olingan, Kataloniya mustaqilligi böyiça referendum ötkazilişi bilan boğlangan.

















