Argentinada 21-22 iyul kunlari “Katta yigirmatalik” davlatlarining moliya vazirlari va markaziy banklari rahbarlari, jahon moliya yetakçilari an'anaviy sammitda uçraşadilar. Ular global iqtisodiyotning eng muhim va zudlik bilan hal qilinişi kerak bölgan mavzularini muhokama qilişadi. 

Uçraşuv taşkilotçilari bayonotida ma'lum qilinişiça, sammitda hammasi bölib 23 nafar moliya vaziri, markaziy banklarning 14 prezidenti va xalqaro taşkilotlarning 10 nafar rahbari iştiroki kutilmoqda. Ular orasida Xalqaro valyuta jamğarmasi rahbari Kristina Lagard va Jahon banki prezidenti Jim Yon Kim bor.  

Uçraşuv iştirokçilari yanada rivojlaniş uçun mehnat bozori va infratuzilma kelajagi masalalarini muhokama qilişadi. Şuningdek, jahon iqtisodiyoti va global soliq tizimi xavflari masalalari kötariladi.