Google kompaniyasi sönggi ikki yil davomida yangi mobil operatsion tizimni işlab çiqiş bilan şuğullanmoqda, u istiqbolda Android’ni almaştirişi lozim. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Yangi loyiha Fuchsia («Fuçsiya») nomini oldi, hamda Google mutaxassislari uni «noldan» yaratişmoqda. Bu operatsion tizim Android’ni köplab körsatkiçlar böyiça, ayniqsa qurilmalar bilan ovozli özaro aloqalar sohasida ortda qoldirişi kutilmoqda. Xususan, bunda noutbuklardan tortib internetga kirişi mumkin bölgan mitti sensorlar ham qamrab olinadi.

Xabar qilinişiça, Fuchsia kelayotgan uç yil davomida gadjyetlarga asta-sekin tatbiq etib boriladi. Google mutaxassislarining umid qilişiça, u beş yildan söng butun dunyo böylab qurilmalar 80 foizida örnatilgan Android operatsion tizimini almaştira oladi.