20 iyulda Meksikaning Miçoakan ştati Buenavista şahri meri Eliseo Delgado öldirib ketildi. Excelsior naşrining ma'lum qilişiça, Delgado şahar ma'muriyati binosiga kiraverişda noma'lum kimsalar tomonidan otib ketilgan. 

Delgado Meksikada 20 iyul kuni öldirib ketilgan 3-amaldor böldi. Avvalroq şu kuni Tlakepake şahri (Xalisko ştati) maslahatçisi va San-Migel-Çimalapas posyolkasi (Oaxaka ştati) jamoat mulki komissari otib ketilgandi.

Oxirgi yillar Meksikada AQŞga kokain tranziti ustidan nazoratni qölga oliş böyiça narkokartellar örtasida zöravonlik avj olgan. Meksikada yaqinda ötgan saylovoldi kampaniyasi vaqtining özida 520 dan köproq siyosatçi va davlat xizmatçisi öldirilgan. Yaqinda saylangan prezident Andres Manuel Lopes Obrador jinoyatçilikka qarşi kuraş yönalişini kuç qöllaşdan ijtimoiyga özgartirmoqçiligini ma'lum qilgan. U şu tariqa zöravonlikni keltirib çiqaruvçi muammolarni hal qilmoqçi.