Özbekiston Respublikasi prezidenti “Toşkent şahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining filialini taşkil etiş va uning faoliyatini taşkillaştiriş töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan belgilab qöyilişiça:

a) “MMFI” MTYaU filialiga qabul kvotasi manfaatdor vazirlik va idoralarning kadrlarga bölgan ehtiyoji hisobga olingan holda, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantiriş agentligi, boş muassasa bilan kelişilgan holda tayyorlangan, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining asoslantirilgan takliflari böyiça Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi;

Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi boşqa davlat va xöjalik boşqaruvi organlari bilan birgalikda malakali kadrlarni tayyorlaşga bölgan ehtiyojni har yili tahlil qilib boradi hamda tahlil natijasiga köra “MMFI” MTYaU filialiga kelgusi öquv yillarida ta'lim yönalişlari va mutaxassisliklari böyiça talabalarni qabul qiliş soni yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

b) Vasiylik kengaşining qaroriga muvofiq “MMFI” MTYaU filiali xodimlariga ularning yuqori malakasi, ixtisoslaştirilgan kompyuter komplekslari bilan işlaş könikmalari uçun “MMFI” MTYaU filialining byudjyetdan taşqari mablağlari hisobidan şaxsiy ustama belgilanişi mumkin;

v) “MMFI” MTYaU filialining davlat grantlari asosida öqigan bitiruvçilari respublika işlab çiqariş-sanoat tarmoqlari taşkilotlarida kamida beş yil işlab beriş şarti bilan işga taqsimlanadi;

g) “MMFI” MTYaU filialining faoliyati:

“MMFI” MTYaU filialiga davlat grantlari böyiça qabul qilinadigan talabalarni öqitiş, şuningdek, yadro energetikasi va texnologiyalarini rivojlantiriş sohasida ilmiy-tadqiqot işlarini amalga oşiriş uçun Fanlar akademiyasiga Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyetidan ajratiladigan mablağlar;

Vasiylik kengaşining qarorlari asosida şakllantiriladigan pul mablağlari, yuridik va jismoniy şaxslarning homiylik xayriyalari hamda maqsadli badallari;

xalqaro moliya institutlarining grantlari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan moliyalaştiriladi;