Bugun, 20 iyul kuni Özbekiston musulmonlari idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimov buyruği asosida Toşkent şahrida joylaşgan “Şayx Zayniddin” masjidi imom xatibi Odilxon qori Yunusxon öğli öz vazifasidan ozod etildi.
Uning örniga Toşkent şahri, Çilonzor tuman boş imom xatibi Abdukarimov Xusniddin Tojiddinoviç “Şayx Zayniddin” masjidi imom xatibi lavozimiga tayinlangan.
Odilxon qori Yunusxon öğlining nima sababdan lavozimidan ozod etilgani haqidagi ma'lumotga aniqlik kiritilmagan.
Odilxon qori Yunusxon öğli öz faoliyatini 1998 - 1999 yillarda Toşkent şahar Uçtepa tumanidagi “Hazrati Umar” jome' masjidida imom – xatib vazifasidan boşlagan. 1999 - 2000 yillarda Şayxontohur tumanidagi “Şayx Zayniddin” jome' masjidida imom noibi vazifasida işlagan. 2010 yildan buyon Toşkent şahar boş imom - xatibi örinbosari. 2011 yildan buyon Şayxontohur tumani boş imom xatibi va “Şayx Zayniddin” jome' masjidi imom – xatibi bölib işlab kelayotgan edi.
Odilxon qori Yunusxon öğlining “Ozodalik imonning gözal bahosi”, “Masjid odoblari”, “Röza tutiş odoblari”, “Haj manosiklari”, “Isrofdan saqlanaylik”, “Mehr - oqibat jannat garovidir” nomli risolalari çop etilgan. Uning eng maşhur kitoblari “Kibrdan saqlanaylik”, “Jannat kaliti”, “Qöşniçilik haqlari va odoblari” hisoblanadi.
Hozirda uning taşabbusi va rahbarligi ostida Muxlis.uz sayti faoliyat yuritib kelmoqda.











