Özbekiston Respublikasi prezidenti “Toşkent şahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining filialini taşkil etiş va uning faoliyatini taşkillaştiriş töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi, “Rosatom” atom energiyasi böyiça davlat korporatsiyasi, “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) Toşkent şahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining filialini ta'sis etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Quyidagilar “MMFI” MTYaU filiali faoliyatining asosiy yönalişlari hisoblanadi:

yadro energetikasi va issiqlik fizikasining tarmoq ehtiyojlarini qondiriş uçun eng muhim ilmiy-texnologik işlab çiqariş vazifalarini hal etişga qodir bölgan yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro ta'lim standartlari darajasida tayyorlaş;

mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlaş tizimini ta'lim va ilm-fan uzluksizligi va izçilligi prinsipi, şuningdek, jahon ta'lim hamda ilmiy hamjamiyatiga muvofiq ravişda albatta integratsiyalaştiriş asosida rivojlantiriş;

yadro fizikasi sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar ötkaziş;

muhandis-texnik kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş hamda modernizatsiya qilişga yönaltirilgan yangi ta'lim dasturlari va öqitiş şakllarini işlab çiqiş hamda joriy etiş;

pedagogik salohiyatni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş, öqitişning pedagogik uslublari va texnologiyalarini faol takomillaştiriş;

ta'lim va ilmiy-texnik sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakçi ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantiriş hamda mustahkamlaş.

Belgilab qöyilişiça:

“MMFI” MTYaU filiali oliy ta'lim muassasasi – yuridik şaxs maqomiga ega bölgan notijorat taşkilot şaklidagi Özbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi;

“MMFI” MTYaU filiali “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) (keyingi örinlarda – boş muassasa) alohida bölinmasi sifatida kadrlarga bölgan talabni hisobga olgan holda, boş muassasa bilan kelişilgan öqitişning asosiy yönalişlari (mutaxassisliklari) böyiça mutaxassislar tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oşiradi, şu jumladan, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydi;