Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Putin bilan sammitda qat'iy pozitsiya bo‘yicha maslahatlarga parvo ham qilmagan
Foto: RIA Novosti/Sergey Guneyev
AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar ma'muriyatining tuzgan rejasiga qaramay, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda «Rossiya ishi» bo‘yicha qat'iy pozitsiyada tura olmadi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi yozmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 16 iyul kuni Xelsinkidagi Putin va Trampning sammitidan avval rossiyalik 12 nafar razvedkachiga qo‘yilgan yangi ayblovlar yetakchilarning yakkama-yakka suhbati mavzusi bo‘lishi kerak edi. Shuningdek, Tramp birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu haqda gapirishi lozim bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, bu ayblovlar 2016 yilda AQShda bo‘lib o‘tgan saylovlarga Rossiya aralashuvi haqidagi da'volarga kuchli dalil bo‘lishi kerak.
«Bu juda yaxshi tayyorlangan reja edi. Afsuski, u buni amalga oshirmadi», - deydi manba.
Boshqa bir manbaning aytishicha, Tramp «butunlay teskari» ishni qildi.
Shuningdek, gazeta manbasining fikricha, Tramp Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash uchun «Rossiya ishi» bo‘yicha qat'iy pozitsiyadan foydalanmagan.
Mavzuga oid
09:10 / 09.04.2026
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
18:40 / 27.03.2026
OAV: Putin oligarxlarga urushni moliyalashtirishni taklif qildi
17:34 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
13:40 / 24.03.2026