Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi huzuridagi "Geoinnovatsiya markazi" DUK va Xitoyning dronlar işlab çiqaruvçi "BShark Holdings LTD" kompaniyasi örtasida Özbekistonda uçuvçisiz texnologiyalarni rivojlantiriş sohasida hamkorlik töğrisida memorandum imzolandi, deb xabar qilmoqda ÖzA.
Hujjat Özbekiston delegatsiyasining Xitoyning Şençjen şahriga taşrifi doirasida imzolandi.
"Geoinnovatsiya markazi" DUK ma'lumotlariga köra, korxonalar birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan Özbekistonda uçuvçisiz uçiş apparatlari işlab çiqarişni mahalliylaştiriş niyatida. Memorandum şuningdek, hamkorlikda öqitiş dasturlarini işlab çiqiş, seminarlar ötkaziş, uçuvçisiz texnologiyalarni rivojlantiriş sohasida mutaxassislar, axborot va tajriba almaşinuvini közda tutadi.
"BShark Holdings LTD" kompaniyasi Özbekistonga zarur işlab çiqariş uskunalari va texnologiyalarni yetkazib beriş, mahalliy xodimlarni öqitiş, savdo va marketing bölimlarini taşkil etişni möljallamoqda.












