Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniyning fikriça, Eronga qarşi qaratilgan har qanday harbiy amaliyot «barça uruşlarning onasi»ni keltirib çiqaradi. Bu haqda INSA agentligi xabar bermoqda.
«Amerika bilişi kerak, Eron bilan böladigan uruş uruşlarning onasi» böladi», degan Ruhoniy.
Şuningdek, u amerikalik hamkasbi Donald Trampga «şerning dumi bilan öynaşmaslik kerakligi»ni va bunday harakat unga «qimmatga tuşişi»ni qöşimça qilgan.
Eron va Amerika munosabatlari AQŞning Eron yadro dasturi böyiça kelişuvdan çiqişi ortidan yomonlaşdi.
Avvalroq, Ruhoniy AQŞ har qaçongidan ham köra yakkalanib qolganini aytgan edi. Uning bunday fikrni ilgari surişiga Trampning Buyuk Britaniyaga qilgan taşrifi paytida bölib ötgan namoyişlar sabab bölgani aytiladi.








