Yaponiya yapon hukumati vakillari Janubiy Kuril orollariga taşrif buyurgan vaqtda, sun'iy yöldoş telefonlari musodara etilgani tufayli Rossiyaga protest bildirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Bu haqda Yaponiya vazirlar mahkamasi boş kotibi Yesixide Suga Tokioda ma'lum qilgan.
Uning ta'kidlaşiça, 22 iyul kuni protest Yaponiya elçixonasi, şuningdek, Yaponiyaning Janubiy-Saxalinskdagi boş konsulxonasi tomonidan Rossiya TIVga topşirilgan.
Suga röy bergan hodisani «juda qayğuli» holat, deb atadi.
Ta'kidlanişiça, Rossiya hududiga sun'iy yöldoş telefonlarini olib kirişga uşbu davlat Aloqa nazorati xizmati ruxsatnomasi talab etiladi. Yaponiyaning «Kiodo» agentligiga köra, Janubiy Kuril orollarida rus qonunlarining qöllanilişi «Yaponiya huquqiy pozitsiyasiga zid keladi».












