AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Eron hukumatini mafiya bilan tenglaştirdi, deb xabar qilmoqda Reuters.
Diplomatning sözlariga köra, Eron «hukumatdan köra, mafiyaga köproq öxşaş bölgan kimdir tomonidan boşqarilmoqda». Ta'kidlanişiça, Pompeo «juda katta boyliklar» va eronlik siyosatçilarning korrupsiyasini nazarda tutgan.
Şuningdek, uning ma'lum qilişiça, AQŞ «Eron xalqining uzoq vaqt davomida e'tiborsiz qoldirib kelingan ovozini qöllab-quvvatlaydi». Davlat kotibining aytişiça, Qöşma Ştatlar televideniye, radio va ijtimoiy tarmoqlarda fors tilida keçayu kunduzlik rejimda işlovçi efirni işga tuşirdi.
Avvalroq, Pompeo Eron Yevropada teraktlarni rejalaştiriş uçun öz diplomatik vakolatxonalaridan foydalanayotgani haqida ma'lum qilgandi.









