Janubiy Afrikaning De Beers kompaniyasi JARdagi Venetia Limpopo qöriqxonasidan Mozambikka fillar olib ötişni boşladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.
Bundan maqsad, Mozambikda 15 yillik fuqarolar uruşi davomida kamayib ketgan fillar sonini tiklaşdir.
Maydoni 32 gektar bölgan Venetia Limpopo parkida hozirda 270dan ortiq fil yaşaydi, bu ekotizimga jiddiy zarar yetkazişi mumkin, deyiladi kompaniya xabarida. Mozambikdagi maydoni 408 ming gektar bölgan Zinave parkida esa atigi 60ta fil qolgan.
De Beers’ga fillarni olib ötişda bu jonivorlarni muhofaza qiliş bilan şuğullanuvçi Peace Parks fondi yordam beradi.
De Beers –brilliant işlab çiqaruvçi jahondagi eng yirik kompaniya bölib, unda 20 mingdan ortiq kişi işlaydi.












