Ekvador şimolidagi Piçinça viloyatida atirgullardan dunyodagi eng katta şud kompozitsiyasi yaratildi. Mahalliy El Telegrafo naşrining ma'lum qilişiça, kompozitsiya turli rangdagi 900 mingta atirguldan tuzilib, Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.

Kompozitsiyaning asosiy qismi qizil, oq va sariq rangdagi 546364 ta atirguldan iborat “gilam” bölib, u qiya sirt böylab “töşalgan” va zinapoyali ehrom bilan tugaydi. Ekvadorning 150 ga yaqin floristik kompaniyasi kompozitsiyani yaratiş uçun öz mahsulotini taqdim qilgan. Natijada kompozitsiya maydoni 1090 kvadrat metrni, oğirligi 16 tonnani taşkil qilgan. Kompozitsiyani yaratiş ustida 1,5 mingdan köproq odam kuniga 16 soatdan 20 kun mehnat qilgan.

Avvalgi şunday rekord Germaniyaga tegişli bölgan. U yerda gullardan tuzilgan “gilam”ni yaratişda 120 mingta atirguldan foydalanilgan.

Gullar yetiştiriş va sotiş Ekvadorning asosiy daromad manbalaridan biri hisoblanadi. Mamlakatning markaziy banki ma'lumotlariga köra, 2017 yilda gul eksporti hajmi 881,5 mln dollarni taşkil qilgan.