Vazirlar Mahkamasining 18.07.2018 yildagi 551-son qarori bilan Energiya servis xizmatlari körsatiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Eslatib ötamiz, 2018 yildan davlat organlari va muassasalarining bino va inşootlarini loyihalaştiriş, rekonstruksiya qiliş, quriş va foydalanişga topşirişda ularda energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan, 2022 yildan esa ularning bino va inşootlarida issiq suv ta'minoti uçun quyoş suv isitgiç qurilmalari va mamlakatimizda işlab çiqarilgan energiya tejamkor lampalardan foydalaniş şart.  
 
Norma’ning yozişiça, elektr va issiqlik energiyasi, tabiiy gaz va suvdan foydalanişning energiya tejamkorligi va energiya samaradorligini oşirişga yönaltirilgan xizmatlar yetkazib beruvçi va buyurtmaçi örtasida tuzilgan energiya servis şartnomasi doirasida körsatiladi. Xizmatlar haqi energiya resurslarining erişilgan tejaş miqdoridan kelib çiqib tölanadi. Bunday şartnomalarning boşqa majburiy şartlari (tomonlarning huquq va majburiyatlari, javobgarligi va h.k.) hujjat bilan belgilangan. UKX vazirligi predmetiga qarab ularning namunaviy şakllarini tasdiqlaydi.
 
Davlat organlari va taşkilotlari uçun energiya samarador va energiya tejovçi texnologiyalarning yagona yetkazib beruvçisi Milliy energiya tejaş kompaniyasi hisoblanadi. Ya'ni bu holda yagona yetkazib beruvçidan davlat xaridi amalga oşiriladi: maxsus axborot portalida röyxatga olinişi lozim bölgan töğridan-töğri şartnoma tuziladi.
 
Energiya servis şartnomasi quyidagi tartibda tuziladi. Yetkazib beruvçining sörovnomasi böyiça buyurtmaçi – davlat organi yoki taşkilot şartnoma tuzilişi möljallanayotgan obektlar töğrisida ma'lumotlarni (sörovnomada keltirilgan şaklda) taqdim etadi. Buyurtmaçi tekşiriş uçun körsatilgan obektlarga kiriş imkonini oladi, söng uşbu obektlarning amaldagi texnik holati va iş rejimlarini aniqlaş uçun komissiya tuzadi.
 
Yetkazib beruvçi ma'lumotlarni olgan kunidan boşlab 15 kun muddatda loyihaoldi va/yoki loyiha hujjatlarini va ofertani tayyorlab, buyurtmaçiga yuboradi. Buyurtmaçi oferta olingan kundan boşlab 30 kun mobaynida yetkazib beruvçiga aktsept töğrisida, aktseptdan boş tortişi töğrisida xabarnoma yoxud ofertaga kelişmovçiliklar protokolini yöllaydi.
 
Aktsept töğrisida yoki ofertani boşqa şartlarda aktseptlaş töğrisidagi xabarnomaga asosan ikki tomonning roziligi bilan ular örtasida şartnoma tuziladi.